Sumaya Hotel & Restaurant
Mavjud xonalar
Qulayliklar
Joylashish shartlari
Joylashuv
Mehmonxona haqida
Marokash uslubida qurilgan Sumaya Hotel Samarqandda joylashgan. Mehmonlar ixtiyorida bar, restoran, xonaga ovqat va ichimliklar yetkazib berish xizmati, tunu-kun ishlaydigan qabulxona, bepul Wi-Fi, bepul shaxsiy avtoturargoh va 60–70 kishiga moʻljallangan konferens-zal mavjud. Har bir xonada konditsioner, sunʼiy yoʻldosh kanallari bilan tekis ekranli televizor, bidet, choynak, qahva, choy va ichimlik suvi, buyumlar uchun seyf, mini-bar (muzlatgich), yozuv stoli va kiyim shkafi mavjud. Shaxsiy hammom dush, fen, xalatlar va bepul gigiyena vositalari bilan jihozlangan. Ertalab mehmonlarga kontinental nonushta yoki bufet nonushta taqdim etiladi. Samarqand xalqaro aeroportigacha masofa 10,5 km. Aeroport yoki vokzaldan/ga bepul transfer tashkil etilgan.