Krokus Plaza
Mavjud xonalar
Qulayliklar
Joylashish shartlari
Joylashuv
Mehmonxona haqida
"Krokus Plaza" mehmonxonasi Toshkent markazida, "Magic City" attraksionlar parki, "Next" savdo-ko‘ngilochar markazi yonida va "Toshkent Brodveyi" yaqinida joylashgan bo'lib, u ish safarlari, turistik guruhlar va individual sayohatchilar uchun mos keladi. Mehmonxonada turli toifadagi 65 ta xona mavjud: mini-oshtxonasi va ochiq terrasali xonalardan tortib ikki qavatli apartamentgacha. Har bir xona bepul Wi-Fi, elektron qulf, minibar, seyf, televizor, gigiyena vositalari, choy va qahva tayyorlash uchun jihozlar hamda fen va sochiqlar bilan jihozlangan vanna yoki dush bilan ta'minlangan. -1-qavatda restoran joylashgan bo'lib, u yerda ertalab soat 7:00 dan 10:00 gacha nonushta "shved dasturxoni" tarzida taqdim etiladi; soat 11:00 dan boshlab restoran o‘zbek va Yevropa oshxonalaridan tortib sharob kartasigacha bo‘lgan menyu bilan barcha istaganlar uchun ochiq. Bundan tashqari, tunu kun ishlaydigan lobbi-bar (qahva va gazaklar) hamda xona ichiga ovqat yetkazib berish xizmati mavjud. Mehmonxona hududida ochiq basseyn (1-maydan 30-sentyabrgacha ishlaydi, 9×16 m, chuqurligi 1,5 m) quyosh kreslolari, sochiqlar, kiyim almashtirish xonalari va dush bilan, POOL-bar, sport zali, sauna va hamam (mehmonxona narxiga kiritilgan) hamda bepul qo‘riqlanadigan avtomobil va avtobuslar uchun to‘xtash joyi mavjud. Shuningdek, 80 kishiga mo‘ljallangan konferens-zal ("P" shaklidagi, kabare, teatr, sinf uslubida o‘tirish tartibi) mavjud; ijara narxiga noutbuk, proyektor, flipchart, mikrofonlar, suv, qog'oz va ruchkalar kiradi. Ovqatlanish (biznes-tushliklar, furchetlar, kofe-breyklar) tashkil etilishi mumkin. Toshkent Xalqaro Aeroporti mehmonxonadan 4 km uzoqlikda joylashgan bo'lib, qo‘shimcha to‘lov evaziga aeroportga / aeroportdan transfer tashkil etiladi.