Ramada
Mavjud xonalar
Qulayliklar
Joylashish shartlari
Joylashuv
Mehmonxona haqida
"Ramada Toshkent" mehmonxonasi Toshkent markazida, Mustaqillik maydoniga 5 daqiqa piyoda masofada, "Anhor-Lokomotiv" attraksionlar parki va karting trassasi qarshisida joylashgan bo'lib, mehmonlar uchun bankomat, butun hudud bo'ylab bepul Wi-Fi va bepul shaxsiy avtoturargoh xizmatlari mavjud. Barcha xonalar sun'iy yo'ldosh kanallari bilan televizor, minibar, elektr choynak, dam olish joyi, seyf, konditsioner va shaxsiy hammom bilan jihozlangan, shuningdek, kun bo‘yi xonaga ovqat va ichimliklar yetkazib berish xizmati taqdim etiladi. Mehmonxona restoranlarida Hind, Turk va Yevropa oshxonalarining taomlari, har kuni "shved stoli" nonushtasi taklif etiladi, sog‘lomlashtirish klubi (fitness-markaz, suzish havzasi, massaj kabineti va sauna) qulayliklari mavjud. Qo‘shimcha xizmatlar qatoriga kun bo‘yi qabulxona, bilyard stollari, turistik byuro, snek-bar, konferentsiya/ziyofat zali, bagaj saqlash xonasi va aeroport transferi kiradi.