The Elements
Mavjud xonalar
Qulayliklar
Joylashish shartlari
Joylashuv
Mehmonxona haqida
The Elements Hotel Toshkentning nufuzli tumanida, Teleminora va Expo Centre yaqinida joylashgan. Mehmonxona infratuzilmasi tarkibiga: Public restorani (75 kishiga mo‘ljallangan), tunu-kun ishlaydigan qabulxona, biznes-markaz, bepul Wi-Fi, konferensiya va tadbirlarni tashkil etish xizmatlari, SPA va basseyn, sport zali, hamda kir yuvish xizmatlari (qo‘shimcha to‘lov evaziga) kiradi. Konferens-zal 70 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, audio va video tizim, proyektor, ekran, mikrofonlar, iqlim nazorati tizimi va yuqori tezlikdagi Wi-Fi bilan jihozlangan. Mehmonxonada turli toifadagi 90 ta xona mavjud. Har bir xonada konditsioner, seyf, tekis ekranli LED-televizor, mini-bar va telefon o‘rnatilgan. Shaxsiy hammom dush, fen va gigiyena vositalari bilan jihozlangan. Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti 12 km masofada joylashgan. Aeroportga borish-kelish uchun pullik transfer xizmati taqdim etiladi.