XIZMATLAR KO‘RSATISH HAQIDA OMMAVIY OFERTA (SHARTNOMA)
ASOSIY QOIDALAR
Mazkur Shartlar (keyingi o‘rinlarda – «Shartlar») O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan «Booking System» MCHJ (manzil: 100015, Toshkent shahri, Gagarin ko‘chasi, 66, STIR 303205650, keyingi o‘rinlarda – «Kompaniya») tomonidan e’lon qilingan ommaviy oferta bo‘lib, Kompaniya bilan Foydalanuvchi va/yoki Foydalanuvchi Mehmoni o‘rtasidagi hurma.uz (keyingi o‘rinlarda – «Servis») orqali Buyurtma qilish va to‘lash tartibini tartibga soladi.Kompaniya va Foydalanuvchi va/yoki Foydalanuvchi Mehmoni birgalikda «Tomonlar», alohida «Tomon» deb yuritiladi.
Mazkur Shartlarni qabul qilish Foydalanuvchi va/yoki Foydalanuvchi Mehmonining Buyurtmani rasmiylashtirish bo‘yicha harakatlari (jumladan, «Bron qilish», «To‘lash», «Continue» tugmasini bosish yoki boshqa o‘xshash tugmalar) bilan ifodalanadi.
Shartlar uchta bo‘limdan iborat: Servisdan foydalanish bo‘yicha umumiy qoidalar; Mehmonxonalarni bron qilish shartlari. Bo‘limlar o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelganda maxsus bo‘limlarning qoidalari ustuvor hisoblanadi.
ATAMALAR VA TA’RIFLAR
Servis – hurma.uz onlayn platformasi bo‘lib, sayt va mobil ilovalar orqali mavjud, mehmonxonalarni qidirish, bron/bandlov qilish va to‘lash imkonini beradi.
Bron/Bandlov qilish – Foydalanuvchi va/yoki uning Mehmoni harakatlari majmui bo‘lib, ular natijasida mehmonxona, hostel, mehmon uyi, sanatoriy, pansionat, apart-hotel yoki boshqa joylashtirish vositalariga Buyurtma shakllanadi.
Voucher – Foydalanuvchining elektron pochta manziliga yuboriladigan bron/bandlov tasdig‘i bo‘lib, unda mehmonxona manzili, bron/bandlov qilingan sana, kirish va chiqish sanalari, xona turi, to‘lov shartlari, bekor qilish qoidalari va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Mehmonxona – mehmonxona, hostel, mehmon uyi, sanatoriy, pansionat, apart-hotel va boshqa joylashtirish vositalari.
Xizmat ko‘rsatuvchi – Servis orqali Foydalanuvchiga joylashtirish xizmatini taqdim etuvchi mehmonxona.
Shaxsiy kabinet – ro‘yxatdan o‘tgan Foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lgan bo‘lim, buyurtmalarni boshqarish, voucherlarni ko‘rish, shaxsiy ma’lumotlarni o‘zgartirish imkonini beradi.
No-show (Kelmaslik) – tasdiqlangan bron bo‘yicha Foydalanuvchi va/yoki uning Mehmoni mehmonxonaga kelmasligi.
SERVIS – AXBOROT AGREGATORI
Kompaniya hurma.uz Servisining egasi va operatori bo‘lib, Foydalanuvchiga mehmonxonalar haqidagi ma’lumotlarga kirish va bronni rasmiylashtirish imkonini beradi.Kompaniya mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi emas, ularning sifatiga, to‘liqligiga va vaqtida taqdim etilishiga javobgar emas.
КKompaniya Servisning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun choralar ko‘radi, ammo quyidagilarga kafolat bermaydi:
- Servis Foydalanuvchi va/yoki uning Mehmonining barcha kutganlariga javob beradi;
- Servis uzluksiz va xatosiz ishlaydi;
- Nosozliklar Foydalanuvchi va/yoki uning Mehmoni kutgan muddatda bartaraf qilinadi;
- Natijalar aniq va ishonchli bo‘ladi.
SHAXSIY MA’LUMOTLAR
Foydalanuvchi va/yoki uning Mehmoni ro‘yxatdan o‘tishda kiritilgan shaxsiy ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligini tasdiqlaydi hamda noto‘g‘ri ma’lumot kiritish oqibatlariga o‘zi javobgar bo‘ladi.
Kompaniya shaxsiy ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni №ZRU-547 (2-iyul 2019 y.)ga muvofiq qayta ishlaydi.
Foydalanuvchi o‘z ma’lumotlarini taqdim etib, ularni yig‘ish, saqlash, foydalanish va xizmat ko‘rsatuvchilarga uzatishga rozilik bildiradi.
Ma’lumotlar faqat Shartlarni bajarish, xizmat ko‘rsatuvchilar bilan shartnomalarni tuzish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlatiladi.
Foydalanuvchi istalgan vaqtda support@hurma.uz manziliga murojaat qilib roziligini qaytarib olishi mumkin. Bunday holatda Servisdan foydalanish to‘xtatilishi mumkin.
Foydalanuvchi uchinchi shaxslarning (masalan, mehmonlar) ma’lumotlarini kiritganda, ularning roziligini olgan bo‘lishi shart.
TO‘LOV SHARTLARI
To‘lov O‘zbekiston milliy valyutasida – so‘mda amalga oshiriladi. Norezidentlar xalqaro to‘lov tizimlari orqali AQSh dollari, yevro va boshqa valyutada to‘lov qilishlari mumkin.To‘lov quyidagicha bo‘lishi mumkin:
To‘lov O‘zbekiston milliy valyutasida – so‘mda amalga oshiriladi. Norezidentlar xalqaro to‘lov tizimlari orqali AQSh dollari, yevro va boshqa valyutada to‘lov qilishlari mumkin.To‘lov quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Onlayn to‘lovlar PCI DSS xalqaro standartiga muvofiq himoyalanadi.
Kompaniya Servisdan foydalanish uchun xizmat haqi undirish huquqiga ega.
Bronni kafolatlash uchun mehmonxona Foydalanuvchining bank kartasi rekvizitlarini talab qilishi mumkin. Mablag‘ yetarli bo‘lmagan taqdirda joylashtirish rad etilishi mumkin.
Ba’zi mamlakatlarda qo‘shimcha soliq va yig‘imlar (turistik, kurort yig‘imi va h.k.) to‘lanishi mumkin.
TO’LOVNI QAYTARISH SHARTLARI
To’lovni qaytarish tartibi faqat mehmonxona qoidalari bilan belgilanadi va bu ma’lumot voucherda ko‘rsatiladi.
Belgilangan muddatlarda bekor qilingan bron uchun to’lov to‘liq yoki ushlab qolish bilan qaytariladi. Muddat buzilganda to’lov qaytarilmasligi mumkin.
Kompaniya to’lovni qaytarish bo‘yicha faqat vositachi bo‘lib xizmat qiladi.
To’lovni qaytarilishi 10 ish kuni davomida amalga oshirilishi mumkin.
BRONNI BEKOR QILISH VA O‘ZGARTIRISH
Bronni bekor qilish yoki o‘zgartirish imkoniyati, shuningdek to‘liq yoki qisman to‘lov ushlab qolinishi kabi oqibatlar faqatgina mehmonxona tomonidan belgilangan bekor qilish siyosatiga bog‘liq. Kompaniya mehmonxona qoidalarini buzgan holda bronni bekor qilish yoki o‘zgartirish natijasida Foydalanuvchida yuzaga kelgan zararlar uchun javobgar emas.
Bronni o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun Foydalanuvchi va/yoki Foydalanuvchi Mehmoni Shaxsiy kabinetdan foydalanishi yoki Servisning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga, saytida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali, murojaat qilishi shart.
Bron Foydalanuvchining ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan elektron pochta manziliga bekor qilish tasdig‘i yuborilgan paytdan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
JOYLASHTIRISHDAN RAD ETISH
Mehmonxona, qolayotgan davlat qonunchiligiga muvofiq voyaga yetmagan shaxslarni qonuniy vakillarisiz joylashtirishdan bosh tortish huquqiga ega. Foydalanuvchi va/yoki Foydalanuvchi Mehmoni bron qilish jarayonida voyaga yetmaganlarning mustaqil joylashish imkoniyatini oldindan aniqlab olishi shart.
Kompaniya bunday shaxslarni joylashtirishdan mehmonxona tomonidan rad etilishi uchun javobgar emas.
GURUHIY BRONLAR
Servis oldindan kelishuvsiz guruhiy bronlarni (olti va undan ortiq xona bir xil kirish va chiqish sanalari bilan) rasmiylashtirish uchun mo‘ljallanmagan. Guruhni bron qilish uchun Foydalanuvchi va/yoki Foydalanuvchi Mehmoni Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi shart.
Aks holda, Foydalanuvchi va/yoki Foydalanuvchi Mehmoni bron bekor qilinishi, joylashtirishdan bosh tortilishi yoki to‘lov ushlab qolinishi kabi salbiy oqibatlar xavfini o‘z zimmasiga oladi va buning uchun to‘liq javobgar hisoblanadi.
TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
Kompaniya faqat Servisning axborot-texnologik platforma sifatida to‘g‘ri ishlashi va axborot agregatori egasi sifatida o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarishi uchun javobgar hisoblanadi.
Kompaniya quyidagilar uchun javobgar emas:
– Xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxonalar tomonidan mehmonxona xizmatlarining sifati va o‘z vaqtida taqdim etilishi;
– Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan xizmatlarni bekor qilish, o‘zgartirish yoki kechiktirish oqibatida Foydalanuvchida yuzaga keladigan har qanday zararlar;
– Buyurtmani rasmiylashtirishda Foydalanuvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar (noto‘g‘ri sana, mehmonlar soni, bagaj haqidagi ma’lumotlar va boshqalar);
– Banklar, to‘lov tizimlari, aloqa provayderlari yoki Foydalanuvchi uskunasidagi texnik nosozliklar sababli Servisdan foydalanib bo‘lmasligi;
– Uchinchi shaxslarning harakatlari, jumladan bank kartasi ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanish holatlari.
Mehmonxona tomonidan xizmatlarning lozim darajada ko‘rsatilmasligi bilan bog‘liq barcha da’volar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Xizmat ko‘rsatuvchining qoidalariga muvofiq bevosita Xizmat ko‘rsatuvchiga taqdim etilishi kerak.
FORS-MAJOR
Tomonlar mazkur Shartlar bo‘yicha majburiyatlarning to‘liq yoki qisman bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar, agar bunday bajarilmaslik Shartlar aksept qilinganidan keyin yuzaga kelgan va Tomonlar oldindan ko‘ra olmagan yoki oqilona choralar bilan oldini ola olmagan yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlarining oqibati bo‘lsa.
Fors-major holatlariga, jumladan, quyidagilar kiradi: tabiiy ofatlar, yong‘inlar, suv toshqinlari, zilzilalar, epidemiyalar, harbiy harakatlar, ommaviy tartibsizliklar, davlat organlari qarorlari, energetika va telekommunikatsiya tarmoqlaridagi uzilishlar, xosting kompaniyalari yoki to‘lov tizimlaridagi nosozliklar.
Bunday holatlar yuzaga kelgan Tomon boshqa Tomonni yengib bo‘lmas kuch sharoitlari boshlanganligi va tugaganligi haqida darhol xabardor qilishi shart.
Agar fors-major holatlari ketma-ket o‘ttiz (30) kalendar kuni davomida saqlanib qolsa va Tomonlardan birining huquq hamda manfaatlarini sezilarli darajada buzsa, ushbu Tomon boshqa Tomonni ogohlantirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.
NIZOLARINI HAL QILISH
Servisdan foydalanish va mazkur Shartlarni qo‘llash bilan bog‘liq holda Tomonlar o‘rtasida yuzaga keladigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
Kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq Toshkent shahri sudlarida ko‘rib chiqiladi.
Da’volarni sudgacha tartibda ko‘rib chiqish majburiy emas, biroq Kompaniya o‘zaro maqbul yechim topish maqsadida Foydalanuvchilarning murojaatlarini sudgacha tartibda ko‘rib chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
YAKUNIY QOIDALAR
Mazkur Shartlar Foydalanuvchi tomonidan aksept qilingan paytdan kuchga kiradi va Tomonlar o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargunlariga qadar amal qiladi.
Kompaniya mazkur Shartlarni bir tomonlama tartibda o‘zgartirish huquqiga ega. Yangi tahrir hurma.uz saytida e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi, agar boshqa muddat qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Foydalanuvchi va/yoki Foydalanuvchi Mehmoni sayt orqali Shartlardagi o‘zgarishlarni mustaqil ravishda kuzatishi shart. Servisdan foydalanishni davom ettirish Foydalanuvchi tomonidan yangi tahrirga rozilik sifatida qabul qilinadi.
KOMPANIYA MALUMOTLARI
MCHJ «Booking System»
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahri, Gagarin ko‘chasi, 66
STIR: 303205650
Elektron pochta: support@hurma.uz